"Arsenal" "Yuventus" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda

Mirjalol Normatov
12 yanv 2022
Yarim himoyachi Artur qishda "Yuventus"dan kyetishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli braziliyalikni "Arsenal" ijaraga olishni istamoqda. "Kanonirlar" futbolchining roziligini olib bo'lgan, faqatgina Turin klubining javobini kutish qoldi holos. Artur yaqin kunlardayoq yangi jamoasi tarkibida o'ynashni istamoqda.

"Arsenal" futbolchining mavsum yakuniga qadar bo'lgan maoshini to'lab berishga tayyor turibdi. Ammo "Yuventus" uning o'rniga boshqa futbolchi topa olmayotgani uchun "Arsenal"ga so'nggi javobni berishga qiynalmoqda.

Ushbu mavsumda xavbek A Seriyaning 7 o'yinida qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira