"Arsenal" "Yuventus" futbolchisini xarid qilish niyatida

Sherzod Nurmatov
12 dek 2021
Turinning "Yuventus" klubi vingeri Deyan Kulusevski qishki transfer oynasi vaqtida APL jamoasiga o'tishi mumkin.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Arsenal" shvetsiyalik yosh futbolchiga qiziqmoqda va uni yanvardayoq qo'lga kiritmoqchi.

Manbaga ko'ra, London klubi ayni paytda "byankonerilar"ga rasmiy taklif tayyorlamoqda. 

Alohida aytish joiz, Italiya grandi 35 million evrodan kam bo'lgan taklifni ko'rib chiqmaydi.

Deyan Kulusevski joriy mavsumda 19 o'yinda 1 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira