"Arsenal"ga "Siti" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
15 aug 2023
"Arsenal"ga "Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport kerak bo'lmoqda.

Biroq "shaharliklar" futbolchisini aynan ushbu klubga ketkazib yubormoqchi emas. Fabricio Romanoning malumotiga ko'ra, transferlar oynasi vaqtida sotib olingan Yurrien Timberning o'rniga boshqa himoyachi olib kelish niyatida bo'lib turibdi. Futbolchining muzokaralarida Mikel Arteta ham ishtirok etmoqda.

Emerik Lyaportning o'zi "Siti"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani bois, jamoadan ketishga qarshi emas. Ammo "Siti" u uchun boshqa klub izlamoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda "Arsenal" "Manchester Siti"dan ikki futbolchi - Aleksandr Zinchenko hamda Gabriel Jezusni sotib oldi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Goal

Izohlar

FANAT FC NASAF_REAL.M
16 aug 2023
Sity qo'rqadi arsenal kuchayib ketishidan o'tgan yil chempionlikni sal qolsa ilib ketardi