Artel 2026 yil yakuniga qadar Superliga titul homiysiga aylandi

Tolibjon Qosimov
28 feb 2024
O'zbekistonning jahonga mashhur brendlaridan biri bo'lgan Artel Superliga titul homiysiga aylandi.

Kompaniya hamda O'zbekiston Professional futbol ligasi bu borada uch yillik kelishuvga erishdi.

Kelishuv shartlariga ko'ra Liga daromadi yildan-yilga o'sib boradi. Bunda Superliga ishtirokchi klublari soni 2025 yildan boshlab 16 taga etkazilishi hamda o'yinlar soni 182 tadan 240 tagacha ko'payishi ko'zda tutilgan.

Superliga titul homiyligi masalasida Liga umumiy hisobda 5 ta kompaniya bilan muzokara olib bordi. Kelishuvning bir emas, bir necha yillik bo'lishi hamda mazkur davr davomida Liga ishlab topadigan daromad masalasi Liga kun tartibida turdi. Muzokaralar yakunida Artel brendi bilan hamkorlik qilish bo'yicha qaror qabul qilindi.

Malumot uchun, so'nggi 5 yil davomida Superliga titul homiysi sifatida ishlab kelgan Coca-Cola Liga bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Avvalroq kompaniya O'zbekiston kubogining titul homiysiga aylangani hamda qator ijtimoiy loyihalarni birgalikda amalga oshirmoqchi ekani haqida xabar bergandik.

Liga oldindagi uch yillik rejalarni o'z ichiga olgan dasturga ega bo'lib, bu yo'lda homiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ishonamizki, Artel bilan yo'lga qo'yilgan hamkorlik mamlakat ichki chempionati uchun xayrli bo'ladi.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Qopqoq: pfl.uz

Izohlar

Guzor
28 feb 2024
2026 gacha supligani kurmaymiz chunki foydasi yuq chempion aniq qurqmanglar hammasi nazorotimda
Sera_M ¥ U
28 feb 2024
Bu sezondan endi Artel super ligasi bularkanda
Qamashi
28 feb 2024
Paxtakor ishonchli va barakali chempion
lion_7
29 feb 2024
ARTEL KANSANER OMOQCHIYDIM ENDI OMIYMAN. BU BUQQORINLAGA 1 TIYN PULIMAM JALKA
OBINO
28 feb 2024
Qoyil PFLga, ARTEL nima qilsa ham milliy brend.