

Jurnalistlar "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Artetadan APL yoki YCHLdan qaysi birini yutishni ko'proq xohlashi haqida so'rashdi.
"Meni omadim bor, chunki mendan hech kim ikki turnirdan birini tanlashni talab qilmaydi. Meni bunday holatga hech kim qo'ymaydi. Mavsum boshida bizda to'rtta turnir bor, ularni barchasida ishtirok etamiz va yakunda qanday bo'lishini vaqt ko'rsatadi", -deydi Mikel Arteta.
Ma'lumot uchun, "Arsenal" YCHL 1/8 finalining javob o'yinida PSVga qarshi maydonga tushadi. Birinchi bahsda Arteta shogirdlari keyingi bosqich masalasini deyarli hal qilishgandi.



