Arteta "Arsenal"ning jarohat olgan futbolchilari haqida gapirdi

Omonjon To`xtamirzayev
17 sep 2024
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jarohat olgan shogirdlari haqida gapirib o'tdi.

"Bukayo Saka "Tottenxem"ga qarshi o'yinni davom ettira olmadi. Hozircha uning holati haqida aniq gap ayta olmayman. Barchasi chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan keyin malum bo'ladi. Martin Edegor hozircha jamoaga yordam bera olmaydi.

Shuningdek, APL oxirgi turi doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi o'yinni jarohat sabab Mikel Merino, Rikkardo Kalafori, Aleksandr Zinchenko va Takexiro Tomiyasu o'tkazib yubordi. 

Eslatib o'tamiz, payshanba kuni "kanonirlar" ECHL doirasida "Atalanta" bilan kuch sinashadi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: Фабрицио Романо

Izohlar

Dilmurod Umarov
17 sep 2024
Tezroq tuzalib ketishsin