Arteta "Chelsi" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?

Aziz Tukhtamuradov
13 may 2021
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Chelsi"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men judayam xursandman. Biz bu yerda 10 yildan buyon g'alaba qozonmagandik. Shuning uchun bunday natijaga erishish juda yaxshi. 

Biz juda yaxshi pressing tashkil qildik va ishga to'g'ri yondoshdik. Bu orqali raqibni xato qilishga majbur qildik. 

"Stemford Brij"ga kelib, Tuxelga qarshi o'ynsang, qiynalishga to'g'ri keladi. 

Jamoaning ishga yondoshuvi juda ajoyib bo'ldi. Men baxtliman", - dedi ispaniyalik murabbiy. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC