Arteta: "Darvozani daxlsiz saqlaganimizdan juda xursandmiz"

Sherzod Nurmatov
2 okt 2025
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasining 2-turida "Olimpiakos" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) haqida to'xtaldi.

"Bunday qiyin raqibga qarshi g'alaba qozonganimiz va darvozani daxlsiz saqlaganimizdan juda xursandmiz. O'ylaymanki, biz juda yaxshi boshladik. Gol urdik, keyin bizda ajoyib imkoniyatlar bo'ldi, YCHLda ulardan unumli foydalanish kerak, aks holda mag'lub bo'lish hech gap emas. O'yin ochiq o'tdi. David Rayya ajoyib seyv amalga oshirdi, ammo bu o'yin uchun barcha yigitlarga rahmat aytishimiz kerak", – dedi Arteta.

"Arsenal" hisobida 6 ochko bor va turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. "Olimpiakos" esa 1 ochko bilan 29-pog'onada ketmoqda.

Gretsiya klubi 3-turda "Barselona" bilan, "Arsenal" esa "Atletiko" bilan ro'baro' keladi. Har ikki o'yin 21 oktyabr kuni o'tkaziladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com