Arteta "Real" bilan o'yin oldidan: "Biz kuchliroq ekanligimizga ishonishimiz kerak – birinchi daqiqadan so'nggi daqiqagacha"

Sherzod Nurmatov
7 apr 2025
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalidan o'rin olgan "Real"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik murabbiy bunday raqibni mag'lub etish uchun uning jamoasi o'ziga ishonishi va shunchaki yaxshiroq o'ynashi kerakligini takidladi.

"Avvalo, biz kuchliroq ekanligimizga ishonishimiz kerak. Va buni butun o'yin davomida – birinchi daqiqadan so'nggi daqiqagacha bajarish lozim. Chempionlar Ligasida hammasini aniq epizodlar hal qiladi va biz buni juda yaxshi tushunamiz", – dedi Arteta.

Eslatib o'tamiz, birinchi o'yin Londonda, "Emireyts" stadionida 8 apreldan 9 aprelga o'tar kechasi boshlanadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: AS

Izohlar

__SAFARI__ REAL MADRID
7 apr
Omad va tajriba xam katta rol oynaydi bu oyinda
WoLfMeN
7 apr
Arsenal agar hotirjam uynasa yutishi mumkun.1ta gol urvolib zashitaga yotib olsa real paqqilatib tashedi
ArsaBarsa
7 apr
Hozircha ular 2 marta uchrashishgan 2006 yilda. Bitta o'yin durang, bitta o'yin Arsenal foydasiga. O'yinni mazza qilib ko'rgandim. Anriyni afsonaviy goli yagonaligicha qolgandi. Lekin avvalgi tarkib boshqa hozirgisi boshqa. Arsenal sovrin yutishi mumkin bo'lsa bu mavsumdagi yagona musobaqa
Adham_realmadrid
7 apr
Arsenalga xurmatdamiz lekin Real bu ligada ancha uzini yaxshi his qila oladi deb uylayman, har xolda qiyin va yopiq Atletikodan utgandan keyin. Baribir Realga raxmat shu holatda ham chempionlik uchun umid bera olyapti!!!! (Yutqazsa ham hafa bulmayman bunaqa kubokni kup marta yutganmiz axir)
Azuree
7 apr
Qoʻshimcha daqiqalarni hisobga olmaydi????