Arteta Realni yirik hisobda mag'lub etganidan so'ng nimalar dedi?

Khoja
9 apr 2025
Arsenal bosh murabbiyi Mikel Arteta kechagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Men shogirdlarimdan faxrlanaman. Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik, g'alaba qozonish uchun zarur bo'lgan ishni qildik.

O'yindan oldin ham ko'p muammolarni yaratishga qodir ekanimizni his qilgandim. Biroq, bularning barchasi amalga oshirilishi kerak edi. Biz bunga erishdik, lekin bizni hali Madridda o'yin kutib turibdi.

Real bu turnirdagi eng yaxshi jamoa va ularni mag'lub etishga harakat qilish doim qiyin bo'lgan. Endi Madridda bundan ham yaxshiroq o'ynashimiz kerak, - dedi Arsenal bosh murabbiyi.


KhojaMaqola muallifi
Qopqoq: championat.com

Izohlar

{ CHELSEA }
9 apr
Javob oʻyin boshqacha boʻladi...
Xala Madrid
9 apr
Arsenal muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Karlo boboni esa ketadigan vaqti keldi.
Muhammadali Meliqoʻziyev
9 apr
Kecha arsenal dahshatli temp ko‘rsati. Anchelotiga hurmat saqlagan holda aytaman ketadigan vaqti kelibdi Real Madridga yangi qon kerak . Biz Real muhlislari hafa bo'lishga haqimiz yo‘q deb o'ylayman. Kecha Himoyada Ravul Asensiyodan boshqasi yaxshi o‘ynamadi meni nazarimda . Yangi ximiyachilar olish kerak . Yanayam bilmadim ikkinchi o‘yin qanday bo‘ladi . Menimcha afsuski Real tark etimi deyman uclni. Lekin albatta Remontada kutamiz Real Madriddan .
Arsenal_tresor
9 apr
Канисан Фабрицио
Forever Manchester United
9 apr
Oldin aytgandim yana aytaman Arteta yoki Xabi alonso Real uchun ajoyib nomzod