Arturo Vidal yaqin kunlarda "Flamengo"ga o'tishi mumkin

Alisher
9 iyun 2022
"Inter" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Flamengo"ga o'tishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 35 yoshli chililik yaqin kunlarda Braziliya klubi vakillari bilan uchrashuv o'tkazadi va unda tomonlar bitim imzolashlari mumkin.

"Flamengo" Vidalga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Vidal "Inter"da 2020 yilning sentyabridan beri o'ynaydi. Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira