ARXIV. 2006 yilgi "Paxtakor" - "Al Ittihod" uchrashuvini yodga olamiz

Aslanov Jasurbek
2 jun 2020
Saytimiz o'quvchilari karantinda zerikib qolmasliklari uchun foto arxiv ruknini davom ettiramiz.

2006 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi, 1-turida O'zbekistonning "Paxtakor" klubi Suriyaning "Al Ittihod" klubini qabul qilgandi. Uchrashuv 8 mart kuni "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tgan, uni tomosha qilish uchun 11 ming tomoshabin tashrif buyurgan edi. 

"Sherlar" 16-daqiqada Islom Inomovning aniq zarbasi tufayli hisobni ochishadi - 1:0. Uchrashuv oxirida boshqa bir himoyachi Aleksandr Kleckov gol uradi - 2:0. Shu tariya "Paxtakor" guruh bosqichini 3 ochko bilan boshlaydi.


"Paxtakor" (O'zbekiston) - "Al Ittihod" (Suriya) - 2:0

08.03.2006. 1-tur. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 11000 tomoshabin.

Bosh hakam
: Subrata Sarkar (Hindiston)

Gollar:
1:0 - Inomov Islom, 16
2:0 - Kleckov Aleksandr, 85

"PAXTAKOR": Nesterov Ignatiy; Aliqulov Asror; Kleckov Aleksandr; Kiryan Vladislav; Jeparov Server; Tojiev Zayniddin (Abdullaev Sadriddin, 66); Inomov Islom; Ponomaryov Vyacheslav (Rahimov Ibrohim, 66); Kapadze Timur; Bayramov Rinat; Soliev Anvar (Ixeruome Uche, 90).
Zaxira: Berdimurodov Rahmatullo; Tojiboev Eldar; Tojiev Farhod; Tojiev Kamoliddin; Ahmedov Odil; Ismoilov Anzur.


Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda


"Al Ittihod" boshlang'ich tarkibi


Tepa qator (chapdan o'ngga): Aleksandr Kleckov, Anvar Soliev, Ignatiy Nesterov, Zayniddin Tojiev, Islom Inomov, Timur Kapadze.

Pastki qator (chapdan o'ngga): Vladislav Kiryan, Rinat Bayramov, Vyacheslav Ponomaryov, Server Jeparov, Asror Aliqulov.


To'p bilan Server Jeparov


Zayniddin Tojiev raqib himoyachisidan qochmoqchi


Timur Kapadze to'p bilan


Tojievdan navbatdagi hujum


Kapadze raqib himoyachilariga tinchlik bermagan



Vyacheslav Ponomaryov hujumga o'tmoqchi


To'p bilan Anvarjon Soliev


Stadionning VIP-sektori


"Paxtakor" ustozi Valeriy Nepomnyashchiy va Alisher Nikimbaev


"O'zbekistonlik Kafu" - Ibrohim Rahimov


Server Jeparov raqibdan qochmoqda


Solievni himoyachilar doim jiddiy qo'riqlashgan


Yosh Sadriddin Abdullaev oldinga o'tmoqda


FOTOARXIV. 2006 yilgi "Paxtakor" - "Fulad" uchrashuvini yodga olamiz         


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Файзуллох79
2 jun 2020
Яхши уйин булган эди. Расмларни куриб, маза килдим. Рахмат.
A Komilov
2 jun 2020
Renat bayramov haqida ma'lumot bormi hozir nima bn mashg'ul yo uyam rassiyaga ketganmi