ARXIV. 2009 yilgi "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvi, maydonda Shomurodov va Murtozaev

Narzulla Saydullayev
25 may 2020
Video arxiv ruknimiz davom etadi.

2009 yil "Bunyodkor" va "Nasaf" o'rtasida o'tkazilgan uchrashuvni yodga olamiz. O'sha paytlarda "qaldirg'ochlar"ni Luiz Felipe Skolari, "ajdarlar"ni esa Viktor Kumikov boshqarar edi.

Uchrashuvdagi hisobni 27-daqiqada braziliyalik "Oltin to'p" sohibi Rivaldo penaltidan gol urib ochadi - 1:0. Ikkinchi taym avvalida ajoyib hujumdan so'ng Ilhom Shomurodov Nesterov darvozasini ishg'ol qiladi - 1:1.

73-daqiqada Anvar Solievning to'p uzatishidan keyin Server Jeparov mehmonlar darvozasini ishg'ol qiladi - 2:1. 

Ushbu o'yinda "Nasaf" safida Humoyun Murtozaevning akasi Bahodir, Eldor Shomurodovning amakisi Ilhom to'p tepishgani e'tiborga molik. Bundan tashqari yosh Kenja To'raev ham "Nasaf" tarkibida harakat qilgan. 


BUNYODKOR - NASAF - 2:1 (1:0)

24.08.2009. 19-tur. Toshkent. "Jar" stadioni. 5672 tomoshabin.

Bosh hakam:
Hamidov Rustam - 8

Gollar:
1:0 - Rivaldo - penaltidan, 27
1:1 - Shomurodov Ilhom, 54
2:1 - Jeparov Server, 73

BUNYODKOR: Nesterov Ignatiy; Karimov Xayrulla; G'ofurov Anvar; Haydarov Aziz (Soliev Anvar, 39); Edson Ramos; Rivaldo; Vilyanueva Xose Luis (Murzoev Kamoliddin, 68); Hasanov Jasur O. (Kapadze Timur, 79); Jo'raev Sahob; Joao Viktor; Jeparov Server.

NASAF: Naumov Mixail; Minchev Nikolay; Karimov Maqsud; Qoraev Botir; Jiyamuradov Jahongir; Qodirov Rustam (Murtozaev Bahodir, 80); Karimov Hamza; Shomurodov Ilhom; Filiposyan Artyom (Pardaev Bahodir, 77); Krot Sergey; Boboev Jasur (To'raev Kenja, 85).

Ogohlantirishlar: Karimov Xayrulla 56.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia