ARXIV. Vilyanueva va Rivaldodan dubl, 11 yil oldin "Bunyodkor" "Navbahor"ni yirik hisobda mag'lub etgan o'yin

Narzulla Saydullayev
1 may 2020
Video arxiv rukni doirasida bugun 11 yil oldin bo'lib o'tgan bahsga etibor qilamiz.

2009 yil Oliy liganing 13-turida Namanganing "Navbahor" klubi Toshkentda "Bunyodkor" klubi mehmoni bo'lgan. O'sha o'yinga qadar "qaldirg'ochlar" 10ta o'yinda 10ta g'alabaga erishgan, "lochinlar" esa 11ta uchrashuv o'tkazib, 15 ochko to'plashgan edi.

"Bunyodkor" safida Rivaldo, Xose Luis Vilyanueva, Edson Ramos, Luizao va Joao Viktor kabi mashhur legionerlar o'ynashardi. "Navbahor"da esa bosh murabbiy turkmanistonlik Rahim Qurbonmamedov bo'lgani bois turkmanistonlik uch nafar legioner to'p tepardi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan hujumga o'tgan mezbonlar hujumchisi Xose Luis Vilyanueva uch daqiqa ichida dublga erishadi.

Birinchi taymni o'zida Rivaldo ham ikkita gol urishga erishadi.

Ikkinchi taymda katta sahnaga o'zbekistonlik futbolchilar chiqishadi. Dastlab Server Jeparov, so'ngra Anvar Soliev o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishadi. Yakuniy natija 6:0.



BUNYODKOR - NAVBAHOR - 6:0 (4:0)
21.06.2009. 13-tur. Toshkent. "Jar" stadioni. 5815 tomoshabin.
Bosh hakam:
Rustam Hamidov - 9,2.

Gollar:
1:0 - Vilyanueva Xose Luis, 13
2:0 - Vilyanueva Xose Luis, 16
3:0 - Rivaldo, 24
4:0 - Rivaldo, 40
5:0 - Jeparov Server, 57
6:0 - Soliev Anvar, 90+2

"BUNYODKOR": Zuhurov Murodjon; Luizao; G'ofurov Anvar; Edson Ramos; Rivaldo (Haydarov Azizbek, 46); Vilyanueva Xose Luis; Hasanov Jasur (Salomov Shavkat, 46); Soliev Anvar; Jo'raev Sahob; Joao Viktor; Jeparov Server (Tojiboev Kamoliddin, 74).

"NAVBAHOR": Berdiev Bayramniyoz; Shelenkov Yuriy; Pirmatov Otabek (Nizambaev Elmurod, 72); Xojiev Didar; Jabbarov Dilshod; Risqullaev Akmal; Yuldashev Bahrom (Sultonov Timur, 46); Boydadaev Ilhom (Fozilov Muxtor, 58); Karadanov Mamedali; Mahmudov Alisher; Mehmonov Jahongir.

Ogohlantirish: Shelenkov Yuriy, 69.



Videoni taqdim etgan Bahodir Mirzaevga saytimiz muxlislari nomidan minnatdorchilik bildiramiz. 

Fotogalereyani taqdim etgan Hasan Pirmuhammedovga saytimiz muxlislari nomidan minnatdorchilik bildiramiz.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

UFA bu UFA
1 may 2020
Oʻzbekiston futbolining 30 yil ichidagi eng yuqori choʻqqisi boʻlgandi oʻshandan keyin pasayib pasayib ketvotti
Courageous
1 may 2020
O'sha paytda Bunyodkor jamoasida nafaqat kuchli legionerlar balki qolgan futbolchilar ham juda kuchli edi. Jasur Hasanov, Server Jeparov, Anvar Soliev ....
WCW
1 may 2020
Tarkibda Rivaldo, Vilyanueva, Edson Ramos, Luizao, Jeparov bu tarkib darajasi o‘ta yuqori xatto chempionat darajasidan ham ammo o‘yinlarga 5 mingdan ko‘proq tomoshabin kirganakan o‘sha vaqtdayam albatta markaziy o‘yibna ko‘proq kirgan ammo kamda
SURXON FAQAT G'ALABA
1 may 2020
Сайт админлари, катта рахмат! Яна битта ажойиб уйин бор, Курувчи-Пахтакор, 2008 йил, МХСК стадионидаги, Барселона президенти келган уйин, шуниям топиб жойласанглар, иложи булса бутун уйинни, олдиндан рахмат!
Файзуллох79
1 may 2020
Архивни хам эслаб туриш керак. Айникса ана шундай йирик хисобдаги галабаларни ва маглубиятларни эслаб туриш керак. Шуни айтадиларда "" Осмонга сакрама, уткан кунингни унутма"".