Asror Aliqulov: "Aral Samali" bo'ydor hujumchilar evaziga g'alaba qozondi"

Narzulla Saydullayev
25 mar 2021
Pro liganing 1-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Sho'rtan" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirdi.





"Qoraqalpoq millatiga, Nukus shahriga bizni iliq kutib olishgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. "Aral" klubining Pro ligadagi ilk g'alabasi bilan tabriklayman. O'yin shiddatli bo'ldi. Raqib safida bo'ydor futbolchilar ko'p, ikkinchi qavatda ularda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Bugungi mag'lubiyatga himoyachilarimizning ishonchli o'yin namoyish eta olmagani sabab bo'ldi deb o'ylayman. Bugungi mag'lubiyat o'zimizning xatolardan keyin kelib chiqdi", - deydi Asror Aliqulov.

- "Aral Samali" haqida qanday fikrdasiz?
- Agar "Aral" keyingi o'yinlarda ham shunday o'ynasa boshqa klublar bilan bahslarda ancha qiynaladi. Sababi boshqa jamoalarda tajribali va bo'ydor himoyachilar ko'p. Shunday ekan keyingi o'yinlarda "Aral" raqiblarga qarab taktikani o'zgartirib borsa kerak.

- O'yin suniy maydonda o'tdi...
- Uchrashuv suniy maydonda bo'lishini bilardik. Futbolchilarimizga maysa biroz uzunligini uqtirgandik, to'pning harakatini bir-ikkita vaziyatdan keyin bilib olsa bo'lardi. Ammo bizning futbolchilarning ko'pi juda yosh va tajriba etishmadi.

- Raqib safidagi qaysi futbolchini ajratib ko'rsata olasiz?

- Navro'zbek Alimov va Azamat Allaniyazovni juda yaxshi taniyman. Ular himoyachilarimizga tinchlik berishmadi. Ikkala bo'ydor hujumchini alohida ajratib ko'rsata olaman. "Aral" ortga qaytmaydigan oxirigacha kurashishini futbolchilarimizga uqtirgandik.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Sherzodbek 9 & Lewandowski 9
25 mar 2021
Keyingi o'yinlarda xam omad
Sherzod Ataniyzov
25 mar 2021
Арал олға
Abantur Abanturovich
25 mar 2021
1993-94 yilgi OROLni sog'inaman, garchi vodiylik bo'lsam ham
Shahrisabzlik toza O‘ZBEK
25 mar 2021
sho‘rtan hali sen uchun ham tonglar otadi buyog‘iga birdamlikni yoqotmasak bo‘lgani Olg‘a Qashqadaryo
Barselona33
25 mar 2021
Шуртанга Тонг отиши кийин масала шуртанга Тонг оттирмайдеган очкузлар бор шамил машиннек искандар буриев деган кейин шаги камлек к,иладигандай нурали султонов деган анакондала келган утмай к,олган мак,сулотни шуртанга утгазади бу харомила