

Qashqadaryolik muxbirimiz Faxriddin Chorievning saytimizga ma'lum qilishicha, yaqin o'tmishning taniqli futbolchisi Asror Aliqulov "Sho'rtan" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Ma'lumki, bungacha jamoa Bahodir Shoymardonov qo'l ostida vaqtinchalik shug'ullanib turgandi. Endi bo'lsa jamoa natijalariga Asror Aliqulov mas'ul bo'ladi. Unga murabbiylar shtabida Botir Qodirqulov bilan Akmal Saitqulov ko'mak berishadi.
Xabaringiz bor, "Sho'rtan" bu yilni Pro-ligada o'tkazadi va Superligaga chiqish uchun kurash olib boradi.



