Asror Aliqulov: "Tarkibdagi muammolar mavsum yakunida qiyinchilik tug'dirmoqda"

Aslanov Jasurbek
24 nov 2020
Pro liga 19-turdan o'rin olgan "Turon" - "Sho'rtan" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Bugungi o'yinda qo'lga kiritilgan g'alaba bizga ikkinchi o'rin uchun imkoniyat berishi mumkin edi. Futbolchilarda g'alabaga bo'lgan ishonch va ishtiyoq ko'rmadim. Bu nima bilan bog'liqligini bilmayman. Yilni oxiriga kelib futbolchilar etishmovchiligi qiynamoqda. Himoya chizig'ida futbolchilarimiz kamlik qilmoqda. Tayanch yarim himoyachilarimizni markaziy himoyada o'ynatmoqdamiz. "Turon" futbolchilarning individual mahorati, tezlik va mahorat hisobiga g'alaba qozondi. Gol urmasangiz g'alaba qozona olmaysiz",- deydi Asror Aliqulov.

- Tajribali futbolchilardan biri, to'purar bo'lib turgan Jasur Xolto'raevning zaxirada qolishi nima bilan bog'liq?

- Raqib himoyachilarining imkoniyatidan kelib chiqib tarkibda ayrim o'zgarishlarga qo'l urgandik. Samandar Shodmonovda pas berish mahorati yuqori. Birinchi bo'limda harakat qilgan Bekzod Suvonov yaxshi taassurrot qoldirdi. Jarohati borligi uchun uni almashtirishga qaror qildik. Ikkinchi bo'limda Shodmonovning paslari, Xolto'raevning tezligi hisobiga o'yinni kuchaytirishni maqsad qilgan edik. Lekin rejamiz ish bermadi. Jasur Xolto'raev singani tajribali futbolchilarning zaxirada qolgani shu bilan bog'liq. Samandar va Jasur bir-biri bilan yaxshi tushunib harakat qiladi. 

- Faxriddin Alimov bilan kelishuv qanday bo'lgan? Ijara asosida jamoaga o'tganmi? 

- Mavsum boshida "Sho'rtan" taklif qiladigan maoshga hamma futbolchi ham kelmas edi. Tarkibda qiynalganimiz sabab ijara asosida ayrim futbolchilarni jalb qildik. Bor futbolchilarimiz bilan ishlayapmiz. Maydonga chiqayotgan futbolchilardan faqat futbol o'ynashni talab qilmoqdamiz. Futbolchilardagi ishtiyoq yo'qligi bois so'nggi bir necha turdan beri g'alaba nimaligini bilmayapmiz. 

- Keyingi mavsum ushbu tarkibni saqlab qolishga ishonyapsizmi? Futbolchilarning boshqa jamoalarga o'tib ketish havfi qanday?

- Futbolchilarimiz yaxshi o'yin ko'rsatgan vaqtlarda ularga qaysidir jamoalardan takliflar bo'ldi. Qolganlarga esa yo'q, bunga futbolchining o'zi aybdor. Transfer taqiqi sabab "Sho'rtan" boshqa futbolchi ololmasligi mumkin. Buning oqibatida jamoa yaxshi o'rinlar uchun kurasha olmaydi. Transferlarni rahbariyat hal qiladi. 

- O'zPFL direktori Diyor Imomxo'jaev so'nggi chiqishlarini birida Asror Aliqulovni Pro licenziyasiga o'qitamiz deb takidladi. Hozirda bu borada ishlar qanday ketmoqda?

- Mavsum avvalida "Mashal"dan so'ng "Sho'rtan"ni qabul qilib olish menga yangi g'oyalarni sinab ko'rish imkonini berdi. Superligada baribir saviyasi baland. Pro licenziyasiga o'qishlar boshlansa albatta o'qib yaxshi jamoalarda faoliyat olib borish niyatim bor. Keyingi yil ham "Sho'rtan"da ishlaymanmi yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi. Takliflar bor, lekin bu borada o'ylashga vaqt yo'q.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

El-Uzbek
24 nov 2020
Asror aka rahmat sizga yashshi mavsum utqazdi Shurtan. Xudo hoxlasa Guzor katta futbol bilan yana yuzlashadi
Barselona33
24 nov 2020
Булди Энди уят хам керак шуртанди тинч к,уйиш керак охирга чик,масдан эркак кишида озгина ор булиш керак к,анча шуртанди е'монлаб Яна к,айтиб кемасдан Бир Яна шамил дегани бор Машка насафди еб куп нарсаладан к,утилиб к,олиб Энди шуртанди бор югини еб тугатаяпти оч куз Яна Бир алломаси бор узини опок, курсатган буриев дегани булар Энди бак,к,а туймайди Энди тешиб чик,са угрилекларини кейин ак,к,а бориб туяди
Tolib Ochilov
25 nov 2020
Asror Aliqulov yaxshi murabbiy xar xil tuxmat gaplar gapirib quymanglar. Shurtan tugri yulda.