"Aston Villa" "Roma" darvozabonini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2022
Angliya klubi Shvetsiya terma jamoasi va "Roma" posboni Robin Olsen orqali darvoza chizig'ini kuchaytirdi.

Ijara mavsum so'ngigacha amal qiladi.

"Aston Villa" bosh murabbiyi Stiven Jerrard argentinalik darvozabon Emiliano Martinesning o'yinlaridan qoniqmagani bois Robin Olsenni ijaraga olish qarori qabul qilindi.

"Roma"da o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan Olsen mavsumning birinchi qismini "Sheffild Yunayted"da o'tkazgandi.

Robin 2018 yildan buyon "Roma" a'zosi sanaladi. U shu paytgacha "Kalyari", "Everton", "Sheffild Yunayted" jamoalarida ijarada o'ynashga ulgurdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: avfc.co.uk