"Atletiko" "Barselona"ning Feliks borasidagi taklifini rad etdi

Alisher
31 avg 2021
"Barselona" "Atletiko" hujumchisi Joau Feliksni ijaraga olishga urinib ko'rdi.

Taklif taniqli portugaliyalik agent Jorje Mendesh orqali berildi, ammo Madrid klubi buni rad etdi.

Oldinroq "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Kataloniya klubi tarkibini kuchaytirish kerakligini aytgandi.

Futbolchi joriy mavsum Madrid jamoasi safida jarohati sabab maydonga tushmayapti.


AlisherMuallif
Manba: Goal