"Atletiko" "Lion" o'yinchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
3 mar 2021
"Atletiko" "Lion" yarim himoyachisi Brunu Gimaraeshga qiziqish bildirmoqda.

Madrid klubi Fransiyaga kelgunga qadar ham qiziqish bildirgan 23 yoshli braziliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Transfer narxi 30 million evro atrofida bo'lishi mumkin. Eslatib o'tamiz, oldinroq Gimaraesh "Lion"ga kelishidan oldin "Atletiko"ga o'tishga juda yaqin edi, u hatto Madrid klubiga o'tishga yaqinligi sabab klub haqida iliq fikrlar bildirgan va orzusidagi jamoaga o'tayotganligini aytgan edi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: El Des Marque