"Atletiko" "Manchester Yunayted"ning ikki futbolchisini nishonga oldi

Alisher Ostonov
17 apr 2025
"Manchester Yunayted"ning ikki futbolchisi yozgi transfer oynasida La Ligaga ko'chib o'tishi mumkin.

Gap vingerlar Alexandro Garnacho va Antoni haqida ketayotgani aytilmoqda. Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati futbolchilarni 100 mln evroga - Garnachoni 60 mln va Antonini 40 mln evroga sotishga tayyor.

Shu bilan birga, Antoni ijara asosida to'p o'ynayotgan "Betis" futbolchini saqlab qolishni istashi, biroq mablag' etishmasligi tufayli to'laqonli transferni amalga oshira olmasligi takidlanmoqda.

"Atletiko" ayni paytda Ispaniya chempionatining 31-turidan keyin 63 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.


Alisher OstonovMaqola muallifi
Qopqoq: TBR Football

Izohlar

fff
17 apr
Ikkalasiga ham 130 mln bersa sotadi MYU
Abdulaziz Jalilov
18 apr
Garnacho ham, Antoni ham kerakmas MYU uchun. Ularda 10 tadan 1 ta o'yini o'xshab qoladi, qolgan 9 o'yinda shuni maqtanib yurishadi