"Atletiko" muxlislari Alvaresning penaltisi bo'yicha UEFA elon qilgan kadrlar haqiqiyligini shubha ostiga olishmoqda

I.J.I
8 apr 2025
"Atletiko" muxlislari UEFAdan Xulian Alvaresning penalti tepayotgan vaziyatining videosini so'rashi mumkin.

"Real" Chempionlar Ligasi 1/8 finalida "Atletiko"ni mag'lub etdi (2:1, 0:1, penaltilar seriyasida 4:2).

O'yindan keyingi 11 metrlik zarba seriyasida "matraschilar" hujumchisi Xulian Alvares zarba berishdan oldin sirpanib, to'pga ikki oyog'i bilan tegib ketdi. U gol urgan bo'lsa-da, bosh hakam Shimon Marchinyak VAR bilan vaziyatni muhokama qilgach, golni bekor qildi.

COPE nashrining xabar berishicha, "Atletiko" muxlislarining xalqaro uyushmasi UEFAdan Alvaresning to'pga ikki marta teginishi aks etgan epizodning asl video yozuvini talab qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Takidlanishicha, o'tkazilgan ekspertiza UEFA elon qilgan videolavha tahrirlanganini aniqlagan.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: COPE

Izohlar

Dostonbek Anvarov
8 apr
Реал Мадрид ози хакамларсиз бирорта жамоани ютолганмиди енди ютса бу хорамхорлар
Baxtiyor Yuldashev
8 apr
Buni isbotlagan bilan nima xal boladi xech narsa
Madridist Real Blancos
8 apr
Atliteko muxlislari emas Barselona muxlislari)))
{ CHELSEA }
8 apr
Bu bir bahona holos, hamma internet saytlarda videolari chiqib yotibdiyu...
Кодир
8 apr
Бу гапларди нима фойдаси бор реал уша пеналтига караб коган жойи йук,ман реалди мухлисимасман чл да реалга нисбатан хечам негатив езмаганман езмиманам ла лига е бошка мусобакада булса бошка масала хакли ютган 15 та чемпионликди кискаси хайитдан кейин хинони кетига куйсин атлетико