"Atletiko" qo'shiqchi qizning so'zlari sabab uning "Metropolitano"dagi ishtirokini bekor qildi

Alisher
27 sep 2024
"Atletiko" "Real"ga bo'lgan simpatiyasi sabab derbida qo'shiqchining ishtirokini bekor qildi.

"Metropolitano"dagi stadionda bo'lib o'tadigan Madrid derbisi tanaffusida meksikalik qo'shiqchi va aktrisa Danna Paola Abraxam Mateo bilan duetda El double qo'shig'ini ijro etishi kerak edi.

Ammo, klub ijrochining rejalashtirilgan chiqishini u La Revuelta dasturiga bergan intervyusida "Real" muxlisi ekanligini tan olganidan bir necha kun o'tib bekor qildi.

Qo'shiqcha "Atletiko" muxlisi hisoblangan boshlovchi oldida "qaymoqranglilar"ning madhiyasini kuylagan.


– Nega buni kuylayapsan?

– Chunki "Real" muxlisiman, yana nima ham bo'lardi? Juda mamnunman, sababi ularning o'yinini jonli ko'raman, – dedi Paola.



AlisherMaqola muallifi
Muqova: Relevo

Izohlar

Umid Uuuu
27 sep 2024
Naprinsip qb real endi uyida obkeladi shuni
Odilbek Abdushukurov
27 sep 2024
Boplapsan ukam
mirabzal
28 sep 2024
атмда у́зи хамма жиннила йегилган
mirabzal
28 sep 2024
демак Уша Кизи Диди чаккимасакан билади кайси каманда КУЧЛИ кайси каманда КУЧСИЗ