"Atletiko" "Seltik" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
28 iyun 2022
"Atletiko" "Seltik" himoyachisi Yosip Yuranovichga qiziqmoqda.

Madrid klubi o'ng qanot mudofaa chizig'ini yangilashni xohlamoqda.

"Seltik" 26 yoshli xorvat uchun 15 million funt miqdorida mablag' talab qilmoqda.

Yuranovich 2021/22 yilgi mavsum "Seltik" tarkibida 44ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assist qayt etdi. Transfermarkt futbolchini 6,3 million funtga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports