"Atletiko" "Tottenxem" himoyachisi bilan kelisha olmadi

Tolibjon Qosimov
14 avg 2018
"Atletiko" klubi yozgi transfer oynasida "Tottenxem" himoyachisi Serj Oreni sotib olishga harakat qildi.

"RMC"ning xabar berishicha, London klubi ivuarlikka madridliklar bilan muzokara o'tkazishga ruxsat bergan. O'yinchining o'zi ham "matraschilar" safiga o'tishni istagan, ammo yakunda tomonlar kelishuvga erisha olishmagan.

"Atletiko" Oreni "Inter"ga o'tib ketgan Shime Vrsalkoga o'rinbosar sifatida ko'rgan edi. Ammo, yakunda klub PSVdan Santyago Ariasni sotib oldi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: RMC