"Atletiko" va "Al Shabab" Karrasko borasida kelishib oldi

Aziz Tukhtamuradov
1 sen 2023
Yannik Ferreyra Karrasko ham Saudiya Arabistoni chempionatiga yo'l oladi.

"Al Shabab" belgiyalik yarim himoyachining transferi borasida "Atletiko" bilan kelishuvga erishdi. Transfer summasi 15 million evroni tashkil etmoqda. 

Futbolchining o'zi ham avvalroq Ar Riyod klubi bilan 3 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgandi. U tez orada tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Saudiya Arabistoniga yo'l oladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano