Avaz Agaliev: "Safarda ijobiy natijaga erishmoqchimiz"

Narzulla Saydullayev
19 avg 2016
"Navbahor" - "Mashal" uchrashuvidan oldin mehmonlar himoyachisi Avaz Agaliev o'z fikrlarini bildirdi.

"Namanganda doim kuchli jamoa bo'lib kelgan. "Navbahor"da yangi murabbiylar shtabi ish boshlagan, shu bois jamoa futbolchilari o'zlarini ko'rsatishga urinishlari tabiiy. Biz o'tgan turda o'z uyimizda "Bunyodkor" bilan durang o'ynadik. Endi safarda ham ijobiy natijaga erishsak yaxshi bo'lardi. Har bir futbolchi maydonga tushib o'z ishini to'g'ri bajarsa g'alaba qozonish mumkin", - deydi Avaz Agaliev.

"Mashal" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia