Aver Mabil: "Avstraliya sharafini himoya qilayotganimdan afsuslanmayman"

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2019
Avstraliya terma jamoasi yarim himoyachisi Aver Mabil Falastinga qarshi bo'lib o'tgan Osiyo Kubogining 2-tur o'yini (3:0) haqida fikr bildirdi.

- Falastin bilan o'tgan uchrashuv haqida fikringiz, g'alaba oson qo'lga kiritilgandek bo'ldi
Falastinga qarshi bahs yaxshi o'tdi. To'g'ri, bazi kamchiliklar bo'ldi, ularning ustida ishlaymiz. Iordaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqardik. Bugun raqibimiz juda yaxshi o'yin ko'rsatdi, biroq hujumda vaziyatlardan unumli foydalanganimiz uchun shunday hisob qayd etildi.
- Keniyada tug'ilib, Avstraliya sharafini himoya qilyapsiz...
- Ota-onam sudanlik. Hozir boshqa mamlakat sharafini himoya qilayotganimdan afsuslanmayman. Bir kun kelib Sudanda murabbiylik qilishni xohlayman.
Keniya haqida to'xtaladigan bo'lsak, ota-onam bir qancha vaqt Keniyada istiqomat qilishgan, o'sha paytda men dunyoga kelganman. 10 yoshga to'lganimda Avstraliyaga ko'chib ketganmiz.
- Hozir Yevropa klubida o'ynayapsiz. Avstraliya va Yevropa futbolidagi farqlarni aytib bera olasizmi?

- Yevropa futbol vatani hisoblanadi. Ularni butun dunyo tomosha qiladi. To'g'ri, farq bor, ammo katta emas. Avstraliya A-ligasi Yevropa klublariga o'tish uchun zina vazifasini o'tab beradi - deydi Aver Mabil.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia