Avstraliya bilan o'yin "otmen" bo'ldi o'rniga Tailand bilan o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
27 may 2021
O'zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyida bo'lib o'tadigan muhim uchrashuvlar oldidan Toshkentda tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunladi.

Milliy jamoamiz ertaga tongda HY-333 havo reysi orqali soat 8:25 da Birlashgan Arab Amirliklariga yo'l oladi. Qisqa muddatli tayyorgarlik rejasiga ko'ra, vakillarimiz Dubay shahrida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Avstraliya terma jamoasi tarkibidagi bir necha futbolchi jarohat olganligi sababli, Avstraliya tomoni 29 may kungi O'zbekiston MTJga qarshi bahsda maydonga tusha olmasligini malum qildi. Shu sababli, Milliy jamoamiz 30 may sanasida Tailand vakillariga qarshi to'p tepadi va 1 iyun kuni Saudiya Arabistoniga jo'nab ketadi.

Bosh murabbiy Vadim Abramov Saudiya Arabistonida o'tadigan JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvlar uchun 28 nafar futbolchini jalb etdi.


Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Valijon Rahimov (AGMK), Sanjar Quvvatov ("Paxtakor").

Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev ("Qizilqum"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Rustamjon Ashurmatov ("Kanvon", Janubiy Koreya), Oleg Zoteev ("Chonnam Dragons", Janubiy Koreya), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv"), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov ("Canchjou Mayti Layons", Xitoy), Otabek Shukurov ("Sharja", BAA), Odiljon Hamrobekov ("Shabab Al-Ahli", BAA), Abrorbek Ismoilov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Tedjon Sitizen", Janubiy Koreya), Jaloliddin Masharipov ("Shabab Al-Ahli", BAA), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Dostonbek Hamdamov ("Xatta", BAA), Vagiz Galiulin ("Nefteximik", Rossiya), Sanjar Shoahmedov (AGMK).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Jenoa", Italiya), Temurxo'ja Abduholiqov ("Lokomotiv"), Igor Sergeev ("Aktobe", Qozog'iston), Farruh Ikromov ("Bunyodkor"), Shohruz Norxonov ("So'g'diyona").


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: ufa.uz

Izohlar

Шухрат Эргашев
27 may 2021
Яхши гумонда булайлик ва Узбекистон МТЖ олга!!!
Ali Ali
27 may 2021
Biz gʻiybat qilish boʻyicha jahon chempionatiga chiqamiz aniq otmen bogan bolsa nima bopti muximi saralashdan chiqsak boʻldi Tailand xam podrka bomasa kerak agar saralashdan chiqolmasek keyin yozilar yo xamma futboldi tushunadiyu Abramov tushunmedimi bekorga terma murabbiy boʻlgani yoʻq xamma ozi xoxlagan
Привет
27 may 2021
Таиланд билан уйин отмен булди улар биздан куркишди Энди узимиз 2 га булиниб назорат учрашуви ташкил коламиз агар уйинчилар Рози булишса
Умид Фарохиддинов
27 may 2021
Farrux Ikromov xatto superligamizda 1ta ham gol urmagan, lekin termada DAHSHAT. Abramovga gap yo'q
Привет
27 may 2021
Таиланд билан уйин отмен булди улар биздан куркишди Энди узимиз 2 га булиниб назорат учрашуви ташкил киламиз агар уйинчилар Рози булишса
Bekhzod İsmoilov
27 may 2021
Mashnaqa özligini özligi xursand qilib yurishadi saviyasi oast jamoalar bilan öynab keyin özligidan saviyasi balandroq terma bilan öynab yutqazib qöysa borimiz shu deb karta öynab qaytishadi
Johongir72
27 may 2021
MANIMCHA ABRAMOVGA SAUDIYA BILAN OYINDAN KEYIN BAHO BERAMIZ YUTSA QOLADI YUTQIZSA SURADI BUNYODKORIGA
Aliakbar RM
27 may 2021
Masharipov eldor sergeyev 3 likdi hujmga qo'yish kere
Т.Т.Исламов
27 may 2021
Ҳар доимгидек, кутилганидек!!! Яна рақиб бўлмиш томоннинг истаги ва айби билан!!!
Тошойна кани?
28 may 2021
Австралияга хам койилмасман. Ишбилармонликни билишмайди. Мана биздан урганишмайдими. Бизда шундай холат юз бермаслиги учун куп холларда уртоклик уйинларида бошка, расмий уйинларида бошка таркиб майдонга тушади.
Ko'proq ko'rsatish