"Ayaks" "Tottenxem"dan forvard Bergveynni ijaraga olishi mumkin

Alisher
1 dek 2021
"Ayaks "Tottenxem" hujumchisi Stiven Bergveynga qiziqmoqda.

Nidlyerdanliya klubi "shporlar"ning amaldagi bosh murabbiyi Antonio Kontening rejalariga kirmaydigan 24 yoshli forvardni ijaraga olmoqchi.

Bitim qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin. "Ayaks" faqatgina ijara variantini ko'rib chiqishga tayyor, sababi koronavirus fonida klubda moliyaviy muammolar bor.

Bergveyn 2021/22 yilgi mavsum "Tottenxem" tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: De Telegraaf