"Ayaks" yarim himoyachisi mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi

Futbolchining "Lill"ga (2:0) qarshi uchrashuvda orttirgan jarohati jarohati juda jiddiy bo'lib chiqdi.

"Ayaks" klubi hujumkor yarim himoyachisi Zakariya Labyad "Lill"ga qarshi YCHL safar uchrashuvining birinchi bo'limida jarohat olgandi. Chuqur tibbiy ko'rik natijasida ma'lum bo'ldiki, marokashlik futbolchi uchun joriy mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli Labyad "Ayaks" safiga o'tgan yozda "Utrext" klubidan 6 million evro evaziga kelib qo'shillgandi. Futbolchi joriy mavsum Amstyerdam klubi tarkibida 3 ta o'yinda maydonga tushdi.


Manba: Sky Sports