"Ayaks"ning 15 yoshli forvardi "Borussiya"ga o'tadi

Dortmundning "Borussiya" klubi "Ayaks" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Yulian Roykxoff bilan shartnoma imzolaydi.

"De Telegraaf" xabariga ko'ra, 15 yoshli hujumchi 25 yanvar kuni nemis jamoasi bilan professional bitim tuzadi. Shu kuni Roykxoff 16 yoshga to'ladi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 3 yilga mo'ljallanadi. "Ayaks" futbolchini tarbiyalagan klub sifatida ma'lum miqdorda mablag'ga ega bo'ladi.

Xabaringiz bor, Dortmund klubi yosh iqtidorlargan alohida e'tibor qaratadi. "Borussiya" tarkibida harakat qilayotgan 16 yoshli Yussufa Mukoko dekabr oyida qita miqyosidagi bir nechta rekordlarni yangilagan edi.


Manba: De Telegraaf