Ayollar futboli. Jahon chempionatida Osiyodan beshta jamoa qatnashadi

Xayrulla Xoliqov
28 may 2019
Shu yilning 7 iyun - 7 iyul kunlari Fransiyada ayollar futboli bo'yicha navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Umuman olganda mazkur musobaqa 8-bor o'tkaziladi va bunda jami 24ta terma jamoa qatnashadi. Ishtirokchilarning beshtasi Osiyodan: Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tailand. 

Quyida guruhlarni keltirib o'tamiz: 

"A" guruhi - Fransiya, Janubiy Koreya, Nigeriya, Norvegiya

"B" guruhi - Xitoy, Germaniya, JAR, Ispaniya

"C" guruhi - Avstraliya, Braziliya, Italiya, Yamayka

"D" guruhi - Argentina, Angliya, Yaponiya, Shotlandiya

"E" guruhi - Kamerun, Kanada, Gollandiya, Yangi Zelandiya

"F" guruhi - Chili, Shvetsiya, Tailand, AQSH 


Jahon chempionati o'tkazilgan mamlakatlar 

Yuqorida aytib o'tganimizdek, ayollar futboli bo'yicha navbatdagi jahon chempionati hisob bo'yicha sakkizinchisi bo'ladi. Bungacha tashkil etilgan 7ta jahon chempionati quyidagi davlatlarda o'tkazilgan. 

1991. Xitoy

1995. Shvetsiya

1999. AQSH

2003. AQSH

2007. Xitoy

2011. Germaniya

2015. Kanada 


Musobaqaning barcha finallari 

1991. AQSH - Norvegiya 2:1 

1995. Norvegiya - Germaniya 2:0 

1999. AQSH - Xitoy 0:0 (penaltilar 5:4)

2003. Germaniya - Shvetsiya 2:1 

2007. Germaniya - Braziliya 2:0 

2011. Yaponiya - AQSH 2:2 (penaltilar 3:1)

2015. AQSH - Yaponiya 5:2 

Jahon chempionatining amaldagi g'olibi AQSH ayollar terma jamoasi hisoblanadi. To'rt yil oldin Kanadada o'tkazilgan mundialda AQSH termasi finalda Yaponiyani mag'lub etib chempion bo'lgandi. Undan avvalgi chempion esa Yaponiya hisoblanadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com