Azar terma jamoa yig'iniga juda oddiy avtomobilda kelgani ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
4 sen 2019
Real a'zosi Eden Azar Evro-2020'ning saralash bahslari oldidan Belgiya terma jamoasi qarorgohiga Peugeot 208 markali avtomobilda tashrif buyurgani ma'lum bo'ldi.

Uning bahosi 15 ming evroni tashkil qiladi. 

Ma'lumot o'rnida ushbu seriyali avto 2012 yili Fransiyada ishlab chiqarila boshlangan va tahminlarga ko'ra Azar uni Lill safida harakat qilgan vaqtida xarid qilgan. 

Avvalroq, 28 yoshli vinger hamda uning ukasi Torgan Azarning jarohat sabab terma jamoa yig'inini tark etgani haqida xabar bergandik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/HLNinEngeland