

"E'tiborimizni tortgan jihati shuki, bu yerda juda chiroyli manzara yuzaga kelgan. Ayniqsa, yog'ayotgan qor tufayli hamma joy oqargan va qorga burkangan stadionda shug'ullanishning gashti ham o'zgacha.
Qishki tayyorgarlikning eng muhim jihatlaridan biri aynan qorli ob-havoda mashg'ulot o'tkazishdir. Bu ayniqsa futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga juda ham qulay va shu bilan birga muhim sanaladi. Bunday paytda murabbiylar uchun qo'l ostidagi o'yinchilarga jismoniy yuklamalarni berish ham foydalidir. Mana shu davrda to'plangan kuch mavsum davomida asqatishi ham mumkin.


Shu tariqa, Dukentdagi yig'in juda quvnoq va ko'tarinki kayfiyatda boshlandi. Futbolchilar avvaliga qorli maydonda yugurishdi. So'ng rejaga ko'ra trenajyor zalida ham shug'ullanishdi.
Jamoamiz safidagi o'zgarishlar muxlislarni ham qiziqtirayotgani rost. Ma'lumot o'rnida shuni aytib o'tmoqchimizki, tarkibga "Metallurg"da to'p tepgan Farhod Bekmurotov va "Qo'qon-1912" sharafini himoya qilgan Sardor Azimov qo'shilgan. Ikki o'yinchi ham andijonlik muxlislar uchun begona emas. Boisi, ular ilgari jamoamiz tarkibida ham to'p tepishgan.



Darvoqe, ertaga jamoamiz a'zolari tibbiy ko'rikdan o'tishadi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Eshitdik-da! Vagiz Galiulin va yana ikki futbolchi "Andijon"da



