BAA. 2ta penaltidan gol urilmagan o'yinda "Al Bateh" g'alabaga erishdi, G'anievdan assist

Mirjalol Normatov
28 mar 2025
BAA chempionatining 19-turida Azizjon G'aniev harakat qiladigan "Al Bateh" safarda "Al Nasr" mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda mehmonlar qiyin g'alabaga erishdi. Bahsda ikkita penaltidan gol urilmadi. Uchrashuvda kiritilgan yagona golga hamyurtimiz Azizjon G'aniev assist bo'ldi. Shuningdek, G'aniev uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

"Al Nasr" - "Al Bateh" 0:1

Gol: Muhammad Juma Eid (35).

Amalga oshirilmagan penaltilar: Ali Mabhut (25) - Dini Borges (71).

"Al Nasr": Ahmad Shambih, Rashid Umar (Mame Gning, 74), Samir Mamishevich (Xaris Seferovich, 74), Abdulla Idris (Kostin Amzar, 74), Glauber Lima (Maruan Azarkan, 86), Leroy Fer, Mateus Oliveyra, Otman Busaid, Hussayn Mahdi, Mussa Ndiaye (Ahmad Jashak, 57), Ali Mabhut.

"Al Bateh": Ibrohim Eysa, Abdulaziz Hussayn (Muhammad Ahmad, 82), Rashid Muhayir (Ahmad Sulaymon, 51), Dini Borges, Rafael Pereyra, Azizjon G'aniev, Muhammad Juma Eid (Saud Halil, 90+2), Ulrix Muleke, Neto, Anatole Abang, Alvaro de Oliveyra (Nikolas Klement, 52).

Ogohlantirish: Mussa Ndiaye (11), Glauber Lima (69) - Dini Borges (32), Muhammad Juma Eid (90+1), Azizjon G'aniev (90+5).


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Real Nasaf
28 mar
Nimaga termaga chaqirilmaydi ? Kecha Hamrobekovni òyini chiqmadi charchab qoldi zahiradan tushgan boladan 100 marta kuchli Ĝaniyev
Baxtiyor MYu
28 mar
Азизжон Ғаниев хам ўша БАА чемпионатида узоқ қолиб кетди. Юқорироқ чемпионатларга ўтмади-да. Саудияга, Туркияга шунга ўхшаш бошқа даражадаги чемпионатларга ўтса табиий равишда ўз устида яна ишлай бошлайди, янги қирралари очилади, футболчи сифатида ўсади. Азизжон хозир комфорт зонасига тушиб қолган. «Зона комфорта»дан чиқиб кетиши керак
Burhonbek Abdumo'minov
28 mar
Alo Kopadze
Burhonbek Abdumo'minov
28 mar
Abbosga Galatasaroy qiziqyapdi ekan
Sodiq Nazarov
28 mar
Азиз Ғаниевни Отабек Одил Акмал Абдурауфлардан фарқи узоқ масофалардан гол кирита олади ва аниқ паслари бор