BAA terma jamoasi tayyorgarlikni boshladi

Абдулвосит Бектемиров
28 may 2025
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi 5 iyun kuni JCH-2026 saralash bosqichida BAAga qarshi uchrashuvda ishtirok etadi.

Ushbu bahsda O'zbekiston terma jamoasi muddatdan avval mundial yo'llanmasini hal etishi mumkin. Kuni kecha Kosmin Olariu boshchiligidagi BAA terma jamoasi JCH-2026 3-saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston va Qirg'iz Respublikasiga qarshi uchrashuvlardan oldingi yig'inga kirishdi. Amirliklar yig'inni Dubaydagi "Zabil" stadionida o'tkazishmoqda.


Bundan bir necha kun avval Kosmin Olariu boshchiligidagi O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi bahslar uchun 27 kishilik tarkibini e'lon qilgan edi.

BAA tarkibimi: Holid Eysa, Hamad Almeqebali, Ali Xasif, Lukas Pimenta, Kuame Kuadio, Halifa Al Hammadi, Ala Jir, Sasha Ivkovich, Halid Al Danxani, Markus Meloni, Abdulrahmon Solih, Bader Nosir, Yahyo Nodir, Abdulla Ramadan, Yahyo Al Gassani, Xarib Abdulloh, Fabio De Lima, Abdulla Hamid, Muhammad Abdulbosit, Ali Solih, Majid Hassan, Luan Pereyra, Bruno De Oliveyra, Kayo Lukas, Sulton Adel, Junior Ndiaye, Kayo Kanedo













Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia