Bahodir Ahmedov: "Futzal o'zi shunaqa sport turi. Maydon kichkina va gol bo'lish ehtimoli juda yuqori"

I.J.I
11 oct 2023
Osiyo kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Iroq (3:1) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O'yin haqida

 - Qiziqarli o'yin bo'ldi. Iroq terma jamoasi juda yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Bugungi bahs tomoshabop va muxlislarga yoqadigan tarzda o'tdi deb o'ylayman.

- Hisob 1:1 bo'lgan vaqtda muxlislar bir oz xavotirda qolishdi...

- Futzal o'zi shunaqa sport turi. Maydon kichkina va gol bo'lish ehtimoli juda yuqori.

- Navbatdagi turnirlar haqida...

- Endi Tayland davlatida o'tadigan musobaqada ishtirok etamiz. Mart oyida tashkil etiladigan ushbu turnir juda qiziqarli o'tadi deb o'ylayman. Sababi u erda barcha saralangan terma jamoalar ishtirok etadi.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Michael Scofield
11 oct 2023
Vada berganizdek joyni boshatib bering. Yigitlar individual maxorat evaziga yutushdi
sobirov
11 oct 2023
Bo odam ketmadimi haliyam ishlayabdimi bilganlar bo‘lsa etiboringla
TeMuR1994
11 oct 2023
bu odam o'zi kunfu ustozi bo'lish keragidi
Raxis
11 oct 2023
Ирок термаси жуда яхшилик курсатгани кизик а)))
Soccerland777
12 oct 2023
Мусобақа Таиландда ўтса, 3-ўрин ҳам қўлдан кетибди. 1-2 Форс ва японлар олади... 3- ўрин учун тайлар билан уларни майдонида ўйнасак, ютишимизга кўзим етмайди, бу мураббий ва бу ўйин билан.