Bahrayn JCH saralashiga tayyorgarlikni Portugaliyada olib boradi

Xayrulla Xoliqov
30 iyun 2019
Iyul oyida Bahrayn terma jamoasi yig'inga kirishadi.

Jamoa bosh murabbiyi Elio Souza terma jamoa JCH saralash bosqichiga Portugaliyada tayyorgarlik ko'rishini ma'lum qildi. Ushbu murabbiy 25 iyun kuni terma jamoani qabul qilib oldi va o'zining dastlabki rejalari bilan o'rtoqlashdi. 

Unga ko'ra, bahraynliklar 8-27 iyul kunlari Portugaliyada yig'in tashkil etishadi. Souzaning aytishicha, terma jamoa Portugaliyada 7ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 

Eslatib o'tamiz, JCH saralash bosqichining navbatdagi raundiga 17 iyul kuni qur'a tashlanadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com