Bahrom Haydarov: "Durang adolatli natija bo'ldi deb hisoblayman"

Alisher
8 mar 2025
Superliganing 1-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912" - "Andijon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Chempionat starti barchani tabriklayman. Shuningdek, Ramazon oyi bilan xalqimizni va 8-mart bayrami munosabati bilan mo'tabar ayollarimizni muborakbod etaman. 

Ikki yildan buyon Pro-ligada ishtirok etayotgandik. Bugun Superligaga qaytish va debyut o'yinimiz bo'ldi. Jamoada umumiy hayajon bo'ldi. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng bosimdan qutulib, o'yin haroratini his qila boshladik. Ikkinchi bo'limda tashabbus biz tomonga o'tdi. Biroq, har ikki bo'lim nazdidan xulosa qilsak, bugungi durang adolatli natija deb hisoblayman.

- Natijadan qoniqdingizmi yoki o'yin sifatidanmi?

- Bu haqida tushuntirdim. Birinchi o'yinda hayajon bo'ladi. O'yin sifati sekin-sekin yaxshilanib boradi. Ochilish o'yinida bosim bo'ladi.

- "Andijon" jamoasi sizda qanday taasurot qoldirdi?

- "Andijon"ni o'rganib chiqqandik. Bugun hayajon sabab borimizni ko'rsatib bera olmadik. O'yinlar davomida yigitlardan bosim tushib boradi.



AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Davlatbek Alibekov
9 mar
Бахром Хайдаров 70 ёшлик тренир аммо лекин бу суратдаги одам жуда ёшку 40 ёшлар атрофида
abdimobile Abdimobilevich
9 mar
Neftchini boshini yegandi, endi navbat Qo'qonga!!!
Уткирбек Сайдалиев
8 mar
Хисоблаб юраверинглар
Уткирбек Сайдалиев
8 mar
Хисоблаб юраверинглар
Шерзод. М
8 mar
Бошланди