Bakari Sanya jarohat olib, noma'lum muddatga safdan chiqdi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2013
Londonning “Arsenal” klubi o'ng qanot himoyachisi Bakari Sanya jarohati bois APLning birinchi turida ishtirok eta olmasligi mumkin.

Sababi Belgiya bilan bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvida (0:0) futbolchi oyog'idan jarohat olgan, deb xabar beradi L`Equipe.

Sanya maydonda 90 daqiqa harakat qilgan bo'lsada, biroq final hushtagi chalinganidan so'ng, maydonni oqsoqlanib tark etgan. Keyinchalik himoyachi oyoq bo'g'imidan jarohat olganligi aniq bo'lgan. Endi uning APLning birinchi turidan o'rin olgan "Aston Villa"ga qarshi o'yini so'roq ostida turibdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net