"Ballon D'or" marosimi. Sakkizinchi sovrin, "Barselona" futbolchisiga topshirilgan "Oltin to'p" va boshqa g'oliblar

Aslanov Jasurbek
31 oct 2023
Bugun France Football nashri tomonidan "Oltin to'p" marosimi o'tkaziladi.

20. Lautaro Martines

19. Xarri Keyn

18. Jud Bellingem

17. Xvicha Kvaracxeliya

16. Karim Benzema.

15. Emiliano Martines

14. Ilkay Gyundogan

13. Yassin Bunu 

12. Robert Levandovski

11. Muhammad Saloh.

10. Modrich

9. Bernardu Silva

8. Viktor Osimxen

7. Xulian Alvares

6. Vinisius Junior

5. Rodri

4. Kevin De Bryuyne

3. Kilian Mbappe

2. Erling Xoland

1. LIONEL MESSI


02:30. Marosimning asosiy sovrini - "Oltin to'p" Lionel Messiga topshirildi.


Sovrinni "Inter Mayami" futbolchisiga ushbu klubning egasi Devid Bekxem taqdim etdi. Messi JCHdagi muvaffaqiyati uchun ushbu sovrinni qo'lga kiritdi. Shunday qilib, Leo faoliyatidagi sakkizinchi "Oltin to'p"ni qabul qilib oldi.



02:05. Tennis qiroli Novak Jokovich eng yaxshi ayol futbolchi sovrinini "Barselona" futbolchisi Aytana Bonmatiga topshirdi.


01:50. "Manchester Siti" - eng yaxshi erkaklar futbol jamoasi deb topildi.


01:40. Erling Xolandga Gerd Myuller (yil to'purari) sovrini topshirildi.

52ta o'yin

53ta gol


01:25. Lev Yashin sovrinini Argentina terma jamoasi bilan Jahon chempioniga aylangan va tarixdagi eng esda qolarli seyvlardan birini amalga oshirgan Emiliano Martines qabul qildi.


01:05. Vinisius Junior Sokrates sovrinini qabul qilib oldi. Ushbu sovrin yil davomida ijtimoiy va xayriya loyihalarida eng ko'p ishtirok etgan futbolchiga topshiriladi.

Vinisius irqichlikka qarshi kurashdi va Braziliyada talimga mablag' ajratdi. U kambag'al talabalar talim olishi uchun 4 mln. evro sarf qilishga ulgurdi.


00:55. Jud Bellingem - mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.


00:45. Parijdagi Shatelet teatrida marosim start oldi. Videoefir orqali marosimni tomosha qilishingiz mumkin.


00:40. Shu yilning may oyida Agustin Gandolfo va Lautaro Martines.


00:30. Messilar oilasidagi barchani nomma-nom sanab bera olasizmi? Ular etib kelishdi.



00:22. Hech qachon qarimaydigan Bekxem ham shu erda


00:15. "Oltin to'p" uchun asosiy davogarlardan biri bo'lgan Erling Xoland shu erda.



Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Миллиар Дер
31 oct 2023
Саккизта олтин туп ва битта супер олтин туп билан фаолиятини тугатса кайф буса керак. Камига бир футболчи ютиши мумкин буган хамма кубокни олган булса. Бунакаси энди качон тугиларкан.
Qirol Zidan
31 oct 2023
Мессининг олишиям худди Ўзбекистонда Пахтакорнинг чемпион бўлишидай гап. Сохтакорлик. Олтин тўп инфляцияси. Ҳақиқий муносиб бўлган Роналду Фаластинни қўллагани учун номзодлар қаторида ҳам йўқ. Масхарабозлик.
Juve 1985
31 oct 2023
Тўғри
Фергана Нефтчи
31 oct 2023
Кайси каналдан берилади тилло тупни топшириш маросими
Qirol Zidan
31 oct 2023
Цирк. Ҳаммаси ўтган йили Қатарда шайхларнинг пуллари эвазига ҳал этилган эди.