Balotellining qizil kartochkasi bekor qilindi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2016
"Nicca" futbolchisi Mario Balotellining "Loryan"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda olgan ikkinchi sariq kartochkasi bekor qilindi.


Shu tariqa, italiyalik futbolchi "Lion"ga qarshi bo'lib o'tadigan navbatdagi tur uchrashuvida maydonga tusha olishi mumkin.

"O'z xatolarini tan olish qiyin. Lekin, "Loryan"ga qarshi bo'lib o'tgan bahsimizni boshqargan hakam bu ishni qila oldi. U haqiqiy professionallarga hos ish tutdi. Bunday insonlar futbolni oldinga siljishiga yordam beradi", - deydi "Nicca" prezidenti Jan-Per River.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: L' Equipe