"Barsa" Moriba bilan kelisha olmayapti. Bunga "Real" sabab bo'lishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
17 iyul 2021
"Barselona" va yarim himoyachi Ilaysh Moriba o'rtasida shartnoma uzaytirish bo'yicha muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi.

Goal.com saytining xabar berishicha, kataloniyaliklar bu borada "Real"dan shubha qilishmoqda. Moribaning shartnomasi 2022 yilda o'z yakuniga etadi. "Barsa" agar shartnomani uzaytirmasa futbolchini mavsumoldi yig'inlarga qo'ymasligini ma'lum qilgan. 

Kataloniyaliklar aynan "Real" futbolchining boshini aylantirmoqda degan shubhaga borishmoqda. Futbolchining vakillari esa buni inkor qilishdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com