Bu haqda "Relovo" xabar tarqatdi.
Kataloniyaliklar ikki futbolchini ro'yxatdan o'tkazish uchun Lamin Yamal va Voycex Shensnining shartnomalarini kechiktirishga majbur bo'lishi mumkin. Agar 30 iyungacha klub hisoblari tuzatilmasa, "Barselona" bu majburiyatlarni bajarish uchun akciyalarini yoki futbolchilarini sotishi kerak bo'ladi.
Sotish uchun asosiy nomzod – Ronald Arauxo. Urugvaylik futbolchiga bir qancha klublar, jumladan, Italiyaning "Yuventus" va Angliyaning "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda. Avvalroq u "Barselona" bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgan edi.
Izohlar