"Barselona" 33 yoshli futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
14 mar 2025
Inigo Martines "Barselona" bilian shartnomasini uzaytirdi.

Kataloniya klubi matbuot xizmati 33 yoshli himoyachi bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolanganini malum qildi.

Inigo 2023 yilning yozidan buyon "Barselona" tarkibida harakat qilmoqda. Ushbu mavsumda u barcha turnirlarda 33 o'yinda qatnashib, 3 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: x.com/FCBarcelona

Izohlar

Barcelona Champion
14 mar
Иниго Барсаг жуда зор мослашиб кета олди. Бу Флик тактик жихаттан эмас, балки фудболчи танлашдаям зор экан