"Barselona" afsonasi "Milan"ni boshqarishi mumkin

Tolibjon Qosimov
18 dec 2024
"Barselona" klubi sobiq futbolchisi Xavi Italiyaning "Milan" jamoasini boshqarishi mumkin.

Bu haqda "El Nacional" malum qildi. Buning uchun milanliklar avval klubning hozirgi ustozi Paulu Fonsekani istefoga chiqarishlari kerak bo'ladi. Xavi "rossonerilar" vakillari bilan muzokaralar olib borgan va A Seriya jamoasini boshqarishga qarshi emas.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Xavi AQSHning "Inter Mayami" klubini boshqarish taklifini rad etgan edi. Vaholanki, u erda "Barselona" sobiq yulduzlari Lionel Messi, Luis Suares, Serxio Buskets hamda Xordi Alba to'p tepishadi.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: El Nacional

Izohlar

Барсити!
18 dec 2024
Boshqar Havijon.. Havini kelajagi bor bunga ishonaman... Gvardiolaga haqiqiy o'rinbosar murabbiy bo'ladi.
Adham_realmadrid
20 dec 2024
Milan uchun yaxshi variant