"Barselona" APL klublari bilan Kulibali uchun kurashadi

Alisher
8 may 2021
Senegallik himoyachi Kalidu Kulibali yozda "Napoli"dan kyetishi mumkin.

29 yoshli afrikalik futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" futbolchi uchun "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Everton" klublari bilan kurashadi.

O'yinchining neapolliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Italiya klubi himoyachining sotuvidan 50-60 million evro ishlab olmoqchi.

Kalidu joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo