"Barselona" APLdagi 19 yoshli futbolchining transferini ko'rib chiqmoqda

Alisher
23 mar 2025
"Barselona" "Bornmut" himoyachisi Din Xyoysenni sotib olish haqida o'ylamoqda.

Yosh futbolchi "Bornmut"ga o'tgan yozda "Yuventus"dan 18,2 mln evro evaziga o'tgandi.

Xyoysen 2021 yilda "Malaga"dan "Yuventus"ga o'tgan, ammo "keksa sinora" safida faqat bitta o'yin o'tkazgan. Shuningdek, u yarim yilni "Roma"da o'tkazdi.

Xyoysen joriy mavsum Angliya chempionatida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Uning bozor qiymati 42 million evroga baholanmoqda.


AlisherMuallif
Manba: football24.ru