"Barselona" yetakchilaridan biri: "Bu sizlarning so'nggi g'alabangiz"

Khoja
31 okt 2025
"Barselona" yetakchilaridan biri "Real"ga qarshi uchrashuvdan so'ng echinish xonasida baland ovozda jamoadoshlarini qo'llab-quvvatlagan.

Bu haqda Catalunya Radio nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, o'yindan so'ng darhol "Barselona" yetakchilaridan biri echinish xonasida baland ovozda: "Ular bundan rohat olishsin. Bu sizlarning so'nggi g'alabangiz. Bu ular [Real Madrid] bu mavsumda bizni oxirgi marta mag'lub etishi", - degan.

Bu gapni aytgan futbolchining ismi oshkor etilmagan, biroq u odatda bunday bayonotlar bermasligi takidlangan.


KhojaMuallif
Manba: Catalunya Radio